Firibgarlar endi haydovchilarga jarima ballarini o‘chirib berishni taklif qilmoqda

Firibgarlar endi haydovchilarga jarima ballarini o‘chirib berishni taklif qilmoqda
  • 0
  • 28.07.2026 17:53:00
  • 1 мин оқу

YHXB haydovchilarni jarima ballarini pul evaziga bazadan o‘chirib berishni taklif qilayotgan firibgarlardan ogohlantirdi.
YHXB axborot xizmati rahbari Zoir Yo‘ldoshevning ta’kidlashicha, jarima ballarini o‘chirishning texnik imkoniyati mavjud emas. Tizim to‘liq himoyalangan bo‘lib, unga tashqaridan o‘zgartirish kiritib bo‘lmaydi.

Ma’lum bo‘lishicha, firibgarlar Telegram kanallari orqali soxta yozishmalar va videolar tarqatib, fuqarolarni aldashga urinmoqda. YHXB fuqarolarni bunday va’dalarga ishonmaslikka, shubhali holatlarga duch kelganda esa zudlik bilan ichki ishlar organlariga murojaat qilishga chaqirdi. Hozirda jarima ballari 12 dan oshgan haydovchilar soni 700 nafardan oshgan va ularning barchasini haydovchilik huquqidan mahrum etish chora-tadbirlari amalga oshirilmoqda.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News