
- 2
- 25.09.2026 11:20:00
- 1 мин оқу
Nyu-Yorkda Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva “BlackRock” kompaniyasi rahbariyati bilan uchrashdi. Uchrashuvda kompaniya prezidenti Robert Kapito, vitse-raisi Tomas Donilon, “Global Infrastructure Partners” raisi va bosh ijrochi direktori Adebayo Ogunlesi hamda kompaniyaning moliyaviy va strategik investorlar guruhi global rahbari, Yaqin Sharq bo‘yicha rahbari Charlz Xatami ishtirok etdi.
Muloqotda Toshkent xalqaro moliya markazini 2027-yilda ishga tushirish masalasi muhokama qilindi. “BlackRock” Markaz konsepsiyasi va tuzilmasini ishlab chiqishda ko‘maklashayotgani qayd etildi.
Shuningdek, AQSh ishbilarmon doiralari vakillari ishtirokidagi davra suhbatida O‘zbekiston va mintaqaning yaqin o‘n yilliklardagi rivojlanish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi. Saida Mirziyoyeva uchrashuvda O‘zbekiston yirik va sifatli investitsiyalar uchun yangi imkoniyatlar maydoniga aylanayotganini ta’kidladi.