Saida Mirziyoyeva Samarqandda JSST rahbari bilan hamkorlik masalalarini muhokama qildi

Saida Mirziyoyeva Samarqandda JSST rahbari bilan hamkorlik masalalarini muhokama qildi
  • 0
  • 21.04.2026 14:32:00
  • 1 мин оқу

Samarqand shahrida “Jamoat salomatligi va xavfsizligini ta’minlash maqsadida transmilliy narkotahdidlarga qarshi kurashish” mavzusidagi global forum doirasida Saida Mirziyoyeva Tedros Adhanom Ghebreyesus bilan uchrashuv o‘tkazdi. Muloqot chog‘ida O‘zbekiston va Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi. Xususan, sog‘liqni saqlash tizimidagi islohotlar samaradorligini oshirish, raqamli tibbiyot imkoniyatlarini kengaytirish, farmatsevtika bozorini tartibga solishni takomillashtirish hamda mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Uchrashuv davomida giyohvandlikka chalinganlarni davolash va reabilitatsiya qilish yo‘nalishida Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bilan hamkorlikni mustahkamlash masalalariga ham alohida to‘xtalib o‘tildi. Tadbir doirasida tashkil etilgan ko‘rgazmada uyushgan narkojinoyatchilikka qarshi kurashishda qo‘llanilayotgan zamonaviy raqamli texnologiyalar va maxsus texnik vositalar namoyish etildi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News