Rossiyada “Tolibon” haqidagi izoh uchun ilk bor jarima qo‘llandi

Rossiyada “Tolibon” haqidagi izoh uchun ilk bor jarima qo‘llandi
  • 0
  • 12.06.2026 10:25:00
  • 1 мин оқу

Rossiyaning Rostov-Don shahrida 19 yoshli yigit ijtimoiy tarmoqdagi izohi sabab ma’muriy javobgarlikka tortildi.
U “VKontakte”dagi post ostida “Tolibon” haqida “G‘orliklarning Rossiyada nima ishi bor?” mazmunida yozilgan haqoratli izoh qoldirgani uchun sud tomonidan aybdor deb topildi. Sud uning izohlarini millatlararo adovat va nafrat uyg‘otishga qaratilgan deb baholadi. Shuningdek, yigit migrantlar haqidagi yana ikkita izohi uchun ham aybdor deb topildi. U o‘z aybini tan olib, pushaymonligini bildirgan va unga 10 ming rubl jarima tayinlangan.

Rossiya 2025-yil aprel oyida “Tolibon”ni terroristik tashkilotlar ro‘yxatidan chiqarib tashlagan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News