
- 5
- 17.10.2026 17:44:00
- 1 мин оқу
Portugaliyalik futbolchi Krishtianu Ronaldu mineral suv ishlab chiqarish loyihasiga 10 million yevro investitsiya kiritdi.
Qayd etilishicha, loyihaga Ronaldu bilan birga Grupo Outeirinho kompaniyasi ham 10 million yevro ajratgan. Umumiy investitsiya hajmi 20 million yevroni tashkil etadi. Suv ishlab chiqarishni Portugaliyaning Bragansa shahrida yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan.
Shuningdek, zavod qurilishi va yangi brendni bozorga chiqarish 2027-yil oxirigacha yakunlanishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Ronaldu 2023-yilda Madridda taqdim etilgan Ursu9 mineral suv brendining ham hammuassislaridan biri hisoblanadi.