
- 3
- 05.09.2026 19:28:00
- 1 мин оқу
Toshkentning Yakkasaroy tumanidagi Glinka ko‘chasida portlash oqibatida buzilgan yo‘lni tiklash ishlari boshlandi.
Hozirda zarar ko‘rgan qismga yangi asfalt yotqizilmoqda. Mas’ullar yo‘l qoplamasining sifati va ishlarning xavfsizlik talablariga muvofiqligini nazorat qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 3-sentabr kuni Glinka ko‘chasida yerosti gaz quvuridan sizib chiqqan gaz issiqlik tarmoqlari kamerasida to‘planib, kuchli portlashga sabab bo‘lgandi. Hodisada bir kishi yengil jarohat olgan, ayrim avtomobillarga zarar yetgan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.