Meksikada “El Mencho”ning o‘ldirilishi ortidan boshlangan tartibsizliklar avj oldi

Meksikada “El Mencho”ning o‘ldirilishi ortidan boshlangan tartibsizliklar avj oldi
  • 0
  • 25.02.2026 08:32:00
  • 1 мин оқу
Meksikada eng kuchli narkokartel yetakchisi “El Mencho” o‘ldirilgani ortidan butun mamlakat bo‘ylab zo‘ravonliklar avj olib, kamida 55 kishi, jumladan 25 nafar xavfsizlik xodimi halok bo‘ldi. Bu beqaror vaziyat FIFAni ham jiddiy xavotirga solmoqda. Mart oyi oxirida Meksikada o‘tkazilishi rejalashtirilgan Jahon chempionati—2026 saralashning qit’alararo pley-off o‘yinlari xavfsizlik sababli boshqa mamlakatda o‘tkazilishi mumkinligi muhokama qilinmoqda.

Eslatib o‘tamiz, AQSH tomonidan boshi uchun 15 million dollar mukofot e’lon qilingan dunyoning eng mashhur narkobaroni Nemesio Osegera Servantes 22-fevral kuni Meksika maxsus kuchlari o‘tkazgan amaliyot chog‘ida o‘ldirilgandi (https://t.me/casiauz/12410). Sobiq politsiyachi bo‘lgan “El Mencho” AQSHga katta miqdorda kokain, metamfetamin va fentanil kontrabandasini amalga oshirgan qudratli jinoiy tuzilmani barpo etgan.
Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News