Saudiya Arabistoni va BAAga yo‘lovchi reyslariga qo‘yilgan cheklovlar bekor qilindi

Saudiya Arabistoni va BAAga yo‘lovchi reyslariga qo‘yilgan cheklovlar bekor qilindi
  • 0
  • 11.03.2026 08:28:00
  • 1 мин оқу

10-martdan boshlab O‘zbekistondan Saudiya Arabistoni va Birlashgan Arab Amirliklariga yo‘lovchi reyslariga qo‘yilgan barcha cheklovlar bekor qilindi. Endilikda yo‘lovchilarning fuqaroligi yoki toifasiga oid cheklovlarsiz ikki tomonlama parvozlarga ruxsat berildi.
Shu bilan birga, umra mavsumi yakunlanayotgani sabab Saudiya Arabistoniga uchayotgan yo‘lovchilarda qaytish aviabiletining mavjudligi tekshiriladi. Qaytish bileti bo‘lmagan yo‘lovchilar haqida ma’lumotlar tegishli tashkilotlarga taqdim etiladi.

Umra ziyoratlari faqat Din ishlari bo‘yicha qo‘mita litsenziyasiga ega turoperatorlar orqali tashkil etilishi mumkin. Ziyoratchilar uchun borish va qaytish aviabiletlarini rasmiylashtirish majburiy hisoblanadi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News