Ko‘chada narkotik ta’sirida hushsiz topilgan malika sudlandi

Ko‘chada narkotik ta’sirida hushsiz topilgan malika sudlandi
  • 13
  • 16.10.2026 14:50:00
  • 1 мин оқу

London ko‘chalaridan birida narkotik ta’sirida hushsiz topilgan BAA qirollik oilasiga mansub 32 yoshli Mahra Al Nahayyon sudlandi.
Ayol serqatnov yo‘l chetidagi panjara yonida hushsiz holatda topilgan. Uning yonida bir erkak ham hushsiz yotgan, uch yoshli bola esa harakatlanayotgan avtomobillar yaqinida nazoratsiz qolgan. O‘tkinchilar bolaga yordam berib, politsiyani chaqirgan. Ayol taxminan 30 daqiqadan keyin o‘ziga kelgan.
Ayol bir necha kun oldin narkotik iste’mol qilganini va hodisa kuni qattiq holdan toyganini bildirgan. Hodisadan so‘ng u narkotik qaramlikdan davolanishni boshlagan.
Sud unga ikki yil davomida nazorat ostida bo‘lish va reabilitatsiyadan o‘tish majburiyatini yuklagan. Shuningdek, 5 ming funt sterling jarima va 1 ming funt sud xarajatlarini to‘lash belgilangan. Sudya o‘tkinchilarning aralashuvi bolani jiddiy xavfdan saqlab qolganini ta’kidlagan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News