O‘zbekiston va Turkmaniston prezidentlari telefon orqali muloqot qildi

O‘zbekiston va Turkmaniston prezidentlari telefon orqali muloqot qildi
  • 1
  • 22.09.2026 13:20:00
  • 1 мин оқу

Joriy yilning 22-sentabr kuni Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqot qildi. Suhbat avvalida davlatimiz rahbari Turkmaniston Prezidentini tavallud kuni bilan tabriklab, unga mustahkam sog‘liq, baxt-saodat va davlat faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladi. Muloqotda O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirishga alohida e’tibor qaratdi. Energetika, transport va boshqa sohalardagi qo‘shma loyihalar, shuningdek, tovar ayirboshlash hajmining barqaror o‘sib borayotgani qayd etildi. “Shovot – Toshhovuz” qo‘shma savdo zonasining samarali faoliyatini ta’minlash muhimligi ta’kidlandi.

Shuningdek, Markaziy Osiyo va Ozarbayjon davlat rahbarlarining navbatdagi Maslahat uchrashuvi hamda Turkmanistonda o‘tkaziladigan MDH sammitiga tayyorgarlik masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Muloqot yakunida Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston Prezidenti va xalqini Mustaqillik kuni bilan tabrikladi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News