Prezident OTB prezidenti boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi

Prezident OTB prezidenti boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi
  • 0
  • 04.05.2026 11:10:00
  • 1 мин оқу

Shavkat Mirziyoyev Samarqandga tashrifi doirasida Osiyo taraqqiyot banki prezidenti Masato Kanda boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Yig‘ilishda O‘zbekiston va OTB o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi. So‘nggi 30 yil davomida OTB mamlakatimizning muhim strategik sherigiga aylangani, hozirda qo‘shma loyihalar portfeli qariyb 16 milliard dollarga yetgani qayd etildi. Energetika, transport, suv ta’minoti, qishloq xo‘jaligi va ijtimoiy infratuzilma yo‘nalishlarida qator yirik loyihalar amalga oshirilgani va davom etayotgani ta’kidlandi. Xususan, uchrashuvda 2030-yilgacha mo‘ljallangan yangi sheriklik dasturi doirasida umumiy qiymati 12,5 milliard dollarlik loyihalarni samarali va o‘z vaqtida amalga oshirish muhimligi qayd etildi.

Shuningdek, ipoteka bozori, xususiy sektorni rivojlantirish, yoshlar va ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash, kambag‘allikni qisqartirish, ta’lim va inson kapitalini rivojlantirish, raqamli innovatsiyalarni joriy etish kabi yo‘nalishlarda hamkorlikni kengaytirishga kelishib olindi. Tomonlar Markaziy Osiyoda yirik infratuzilmaviy loyihalarni ilgari surishda OTBning moliyaviy imkoniyatlarini faol jalb etishga alohida e’tibor qaratdi. Uchrashuv yakunida O‘zbekiston va OTB o‘rtasida 2030-yilgacha mo‘ljallangan sheriklik dasturini almashish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News