Prezident Qo‘qondagi “Yangi O‘zbekiston” massivini ko‘zdan kechirdi

Prezident Qo‘qondagi “Yangi O‘zbekiston” massivini ko‘zdan kechirdi
  • 0
  • 27.04.2026 13:50:00
  • 1 мин оқу

Joriy yilning 27-aprel kuni, Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona viloyatiga tashrifi doirasida Qo‘qon shahrining “Yangi O‘zbekiston” massivida olib borilayotgan qurilish ishlari bilan tanishdi. Mazkur loyihaga jami 1 trillion 850 milliard so‘m ajratilgan bo‘lib, hududa 25 ming nafarga yaqin aholi yashashi rejalashtirilgan. Massivda 84 ta ko‘p qavatli uy, maktab, bog‘cha hamda oliy ta’lim muassasasi qurilishi ham ko‘zda tutilgan. Hozirga qadar qurilishning birinchi bosqichi yakunlangan bo‘lib, 56 ta ko‘p qavatli uy foydalanishga topshirilgan.

Tashrif davomida davlat rahbari Farg‘onalik nuroniylar bilan suhbatlashdi. Ular hududlarda amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida aholi farovonligi ortib borayotganini qayd etdi. Shuningdek, Prezidentga “Yangi O‘zbekiston” massivining ikkinchi bosqichi hamda Qo‘qon shahrini rivojlantirish rejalari bo‘yicha taqdimot ham namoyish etildi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News