
- 4
- 08.05.2026 13:23:00
- 1 мин оқу
Shavkat Mirziyoyev 8-may kuni Toshkentdagi “G‘alaba bog‘i”ga tashrif buyurib, Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan o‘tkazilgan marosimda ishtirok etdi.
Tadbirda davlat rahbari “Matonat madhiyasi” yodgorligi poyiga gulchambar qo‘ydi. Unda Qurolli Kuchlar, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari hamda nuroniylar ishtirok etdi.
Prezident marosimda urush va mehnat faxriylariga hurmat bildirib, “G‘alaba bog‘i” xalqimizning jasorati va qahramonligini ifoda etuvchi maskan ekanini ta’kidladi.
Shuningdek, u “Millat fidoyilari” xiyobonida bo‘lib, mustaqillik yillarida vatan himoyasi yo‘lida halok bo‘lgan harbiylar xotirasiga hurmat bajo keltirdi. Majmuada 196 nafar qahramonning nomi muhrlangan. 2025-yilda ushbu majmuaga 650 mingga yaqin mahalliy va xorijiy mehmonlar tashrif buyurgani qayd etildi.
Prezident so‘zlariga ko‘ra, bugungi global vaziyatda milliy birlik va hamjihatlikni saqlash eng muhim kuch va boylik hisoblanadi. Shuningdek, vatan himoyachilariga hurmat va ularning oilalarini qo‘llab-quvvatlash davom etishi ta’kidlandi.