
- 0
- 18.04.2026 11:21:00
- 1 мин оқу
Shavkat Mirziyoyev Javohir Sindorovni “Mehnat shuhrati” ordeni bilan taqdirladi. Sindorov FIDE Nomzodlar turnirida tarixiy g‘alabaga erishib, 14 partiyada 10 ochko to‘plagan va biror marta mag‘lubiyatga uchramagan.
Davlat rahbari bu yutuqni butun mamlakat uchun muhim natija deb baholab, sportchi muvaffaqiyati ortida katta mehnat va qo‘llab-quvvatlash borligini ta’kidladi. Uning xalqaro maydondagi chiqishlari alohida e’tirof etilib, navbatdagi yuksak marralara erishishiga ishonch bildirildi.