
- 5
- 13.10.2026 10:31:00
- 1 мин оқу
Rim papasi Leo XIV tibbiy ko‘rik vaqtida o‘pkasida tugun aniqlangani sabab 13-oktabr kuni shifoxonaga yotqizilishi va operatsiya qilinishi kutilmoqda. Bu haqda AP News xabar berdi.
Vatikan matbuot xizmatiga ko‘ra, operatsiyadan so‘ng papa taxminan bir hafta shifoxonada qolib, tiklanish muolajalarini oladi.
Shifokorlar aniqlangan tugun xavfsiz yoki xavfli ekanini tekshirishi kerak. Hozircha uning saraton ekaniga oid tasdiqlangan ma’lumot yo‘q.
Shunga qaramay, 71 yoshli Leo XIV 12-oktabr kuni odatdagi ishlarini davom ettirgan, xayriya tashkiloti vakillari bilan uchrashgan va nutq so‘zlagan.