Samolyot uchish yo‘lagidan chiqib ketib, avtomobillarga urildi

Samolyot uchish yo‘lagidan chiqib ketib, avtomobillarga urildi
  • 6
  • 07.09.2026 11:45:00
  • 1 мин оқу

6-sentabr kuni AQSHning Mayami xalqaro aeroportida Amazon Prime Air uchun parvoz qilayotgan Boeing 767-300 yuk samolyoti qo‘nish vaqtida uchish-qo‘nish yo‘lagidan chiqib ketib, bir nechta avtomobilga urildi.
Hodisa oqibatida kamida 5 kishi halok bo‘ldi, yana 5 kishi jarohatlandi. Jarohatlanganlarning uch nafari og‘ir ahvolda.
Samolyot Puerto-Rikoning San-Xuan shahridan uchib kelgan. Uni Amazon uchun 21Air yuk aviakompaniyasi boshqargan.
Hodisa ortidan aeroportdagi barcha reyslar vaqtincha to‘xtatildi. Voqea yuzasidan AQSH Milliy transport xavfsizligi kengashi tergov boshladi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News