Meksikadagi mushakbozlikda odamlar halok bo‘ldi

Meksikadagi mushakbozlikda odamlar halok bo‘ldi
  • 2
  • 07.09.2026 18:48:00
  • 1 мин оқу

Meksikaning Mexiko shtatidagi Santa-Mariya-Kanchesda qishlog‘ida 5-sentyabr kuni festival vaqtida mushaklar portlashi oqibatida kamida 10 kishi halok bo‘ldi, 60 dan ortiq kishi jarohatlandi.
Hodisa mahalliy marosim vaqtida yuz bergan. Bayram ishtirokchilari mushaklar otilib turadigan somon ho‘kiz shaklidagi konstruksiyani ko‘tarib yurgan. Undan otilgan mushaklar cherkov yonidagi pirotexnika omboriga o‘t ketishiga sabab bo‘lgan. Keyin kuchli portlash yuz berib, bino devorlari qulagan. Meksika Bosh prokuraturasi hodisa yuzasidan tergov boshlagan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News