
- 0
- 13.07.2026 17:20:00
- 1 мин оқу
Gretsiyaning Saloniki shahridan Germaniyaning Memmingen shahriga uchayotgan “Ryanair” samolyotida illyuminator joyidan chiqib ketishi oqibatida dekompressiya yuz berdi. 60 yoshli yo‘lovchining boshi va yelkalari tashqariga tortilib ketgan, biroq xavfsizlik kamari taqilganligi sababli boshqa yo‘lovchilar uni salonga qaytarishga muvaffaq bo‘lgan. Samolyot Salonikiga xavfsiz qo‘ngan. Jabrlangan yo‘lovchiga tibbiy yordam ko‘rsatilgan, qolgan yo‘lovchilar esa keyingi reys bilan manziliga jo‘natilgan.