
- 28
- 04.05.2026 18:25:00
- 1 мин оқу
Eski tartib boʻyicha tibbiy ma’lumotnomani olish uchun shifoxonaga qayta borish va navbatda turish talab etilardi. Endi barchasi raqamlashdi!
Bu turdagi ma’lumotnoma quyidagi toifadagi fuqarolarga taqdim etiladi:
🔹 OTM, litsey va kollejlarga hujjat topshiruvchi abituriyentlar;
🔹 Sportchilar va ishga kiruvchi nomzodlar;
🔹 Sudyalik lavozimiga tayinlanadiganlar;
🔹 “Muruvvat” va “Sahovat” uylariga yoʻllanma oluvchi keksalar hamda nogironligi boʻlgan shaxslar.
Eslatib oʻtamiz, ma’lumotnoma portalda shakllanishi uchun fuqaro avval tegishli tibbiyot muassasasida shifokorlar koʻrigidan oʻtgan boʻlishi lozim. Shifokorlar xulosasi bazaga kiritilgach, hujjatni masofadan turib olishingiz mumkin. Xizmatdan foydalanish mutlaqo bepul va hech qanday hujjat talab qilinmaydi.