
- 0
- 05.03.2026 15:28:00
- 1 мин оқу
O‘zbekistonda haydovchilik huquqidan mahrum etilgan shaxs mashina boshqargan taqdirda, holat kameralar orqali aniqlanadi va chora ko‘riladi. Bu haqda YHXX axborot xizmati rahbari Zoir Yo‘ldoshev ma’lum qildi (https://t.me/Zoyir_Hamzayevich/394).
Hozirda O‘zbekistondagi avtomobil yoʻllarida shaxsning yuzini aniqlash funksiyasiga ega kameralar hamda foto va video qayd etish qurilmalari oʻrnatilgan. 23-fevraldan 3-martgacha test rejimida ishlagan ushbu qurilmalar bir qancha qoidabuzarlarni aniqlagan. Endilikda ular qoidabuzarliklarga nisbatan onlayn ravishda chora koʻrishni boshlaydi.