Poytaxt avtobuslarida yo‘lkira to‘lamagan qariyb 80 ming yo‘lovchi jarimaga tortildi

Poytaxt avtobuslarida yo‘lkira to‘lamagan qariyb 80 ming yo‘lovchi jarimaga tortildi
  • 0
  • 31.07.2026 18:57:00
  • 1 мин оқу

2026-yil boshidan buyon Toshkent avtobuslarida yo‘lkira to‘lamagan 79 618 nafar yo‘lovchiga ma’muriy jarima qo‘llandi. Bu haqda Transport vazirligi ma’lum qildi.
Har bir qoidabuzarga 41 200 so‘m (BHMning o‘ndan bir qismi) miqdorida jarima solingan. Shu davrda undirilgan jarimalarning umumiy summasi qariyb 2 milliard so‘mni tashkil etdi.
Transport vazirligi avtobuslarda nazorat reydlari davom etayotganini eslatib, yo‘lovchilarni yo‘l haqini o‘z vaqtida to‘lashga chaqirdi.
 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News