Qozog‘istonda motam

Qozog‘istonda motam
  • 7
  • 25.09.2026 11:02:00
  • 1 мин оқу

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev Mang‘istov viloyatida harbiylar halok bo‘lgani munosabati bilan 25-sentabrni mamlakatda milliy motam kuni deb e’lon qildi.
24-sentabr kuni Kaspiy dengizi qirg‘og‘ida Harbiy-dengiz kuchlari mashg‘ulotlari vaqtida 19 nafar harbiyni kuchli shamol va ob-havoning keskin yomonlashuvi sabab suv oqizib ketgan. Dastlab 9 nafar harbiy halok bo‘lgani va 3 kishi qutqarilgani ma’lum qilingan. Keyingi ma’lumotlarga ko‘ra, qurbonlar soni 12 nafarga yetgan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, harbiylarning xavfsizligini ta’minlash va qutqaruv ishlarini tashkil etishda loqaydlikka yo‘l qo‘ygan mansabdor shaxslar ustidan tergov boshlangan.
To‘qayev halok bo‘lgan harbiylarning yaqinlariga hamdardlik bildirib, hodisani to‘liq tergov qilishni topshirgan. Fojia sababli Oqtov shahrida rejalashtirilgan bayram tadbirlari ham bekor qilingan.
Halok bo‘lgan harbiylarning oilalariga davlat tomonidan zarur ijtimoiy va moddiy yordam ko‘rsatiladi. Bundan tashqari, tadbirkorlar ham oilalarga qo‘shimcha moliyaviy ko‘mak ajratishini ma’lum qilgan. Har bir oilaga 25 mln tenge, jami esa 815 mln tengegacha mablag‘ ajratilishi kutilmoqda.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News