2025-yilda 11 mingdan ortiq erkak o‘zidan katta ayolga uylandi

2025-yilda 11 mingdan ortiq erkak o‘zidan katta ayolga uylandi
  • 0
  • 08.08.2026 18:09:00
  • 1 мин оқу

2025-yilda O‘zbekistonda qayd etilgan 11 040 ta nikohda kelinning yoshi kuyovnikidan katta bo‘lgan. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.
Bunday nikohlar eng ko‘p Toshkent shahrida — 1 809 ta qayd etilgan.
Keyingi o‘rinlarda Xorazm viloyati — 1 066 ta, Qashqadaryo — 995 ta, Buxoro — 979 ta va Samarqand — 967 ta nikoh bilan qayd etilgan. Eng kam ko‘rsatkich Sirdaryo viloyatida bo‘lib, bu yerda kelin kuyovdan katta bo‘lgan 240 ta nikoh rasmiylashtirilgan.
 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News