
- 0
- 06.08.2026 17:51:00
- 1 мин оқу
Misrlik mashhur futbolchi Muhammad Saloh “Trabzonspor” klubi bilan shartnoma imzolash jarayonini yakunlash uchun Turkiyaga yetib keldi. Qayd etilishicha, Saloh va “Trabzonspor” o‘rtasida ikki yillik shartnoma tuzilib, klub 34 yoshli futbolchiga yiliga 17 million yevro maosh taklif qilgan. Bu kelishuv Salohni Turkiya futboli tarixidagi eng ko‘p maosh oluvchi futbolchiga aylantiradi. Ma’lumot uchun, futbolchi 2017–2026-yillar davomida Angliyaning “Liverpool” klubida to‘p surib, jamoa safida ko‘plab sovrinlarni qo‘lga kiritgan.