AQSHda harbiy samolyoti qulab tushdi: 8 kishi halok bo‘ldi

AQSHda harbiy samolyoti qulab tushdi: 8 kishi halok bo‘ldi
  • 2
  • 16.06.2026 15:39:00
  • 1 мин оқу

AQSH Harbiy-havo kuchlariga tegishli B-52 strategik bombardimonchi samolyoti Kaliforniya shtatidagi Edvards havo bazasida qulab tushdi. Hodisa bugun, 16-iyun kuni sinov parvozi vaqtida sodir bo‘lgan.
Samolyot havoga ko‘tarilganidan so‘ng tez orada qulab tushib, yonib ketgan. Oqibatda bortdagi barcha 8 nafar ekipaj a’zosi halok bo‘lgan. Halokat sabablarini aniqlash uchun maxsus tergov komissiyasi ish boshlagan. Hozircha aniq sabab ma’lum emas.
B-52 Stratofortress AQSHning uzoq masofaga uchuvchi strategik bombardimonchi samolyoti bo‘lib, u yadro va yuqori aniqlikdagi qurollarni ham tashishga qodir.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News