Navoiyda bog‘cha bolalarini olib ketayotgan Matiz YTHga uchradi

Navoiyda bog‘cha bolalarini olib ketayotgan Matiz YTHga uchradi
  • 0
  • 06.05.2026 17:42:00
  • 1 мин оқу

Navoiy viloyati Nurota tumanida 13 nafar bog‘cha bolasini olib ketayotgan Matiz avtohalokatga uchradi.

5-may kuni ertalab sodir bo‘lgan hodisada 34 yoshli bog‘cha rahbari vafot etgan. U bog‘cha bolalarini va o‘zining 3 oylik chaqalog‘ini mashinada olib ketayotib, boshqaruvni yo‘qotgan va avtomobil yo‘ldan chiqib ag‘darilgan. YTHda bolalar turli darajada jarohat olgan. Ulardan biri koma holatida, 8 nafari viloyat markazidagi shifoxonaga yotqizilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, haydovchi ayol yillar davomida haydovchilik guvohnomasisiz mashina boshqarib kelgan. Bolalar doimiy ravishda shu holda uydan bog‘chaga va bog‘chadan uyga tashilgan.
 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News