Burnidan ayrilgan erkakka peshonasida yangi burun o‘stirildi

Burnidan ayrilgan erkakka peshonasida yangi burun o‘stirildi
  • 0
  • 03.08.2026 10:56:00
  • 1 мин оқу

Iroqda elektr toki urishi oqibatida burnini butunlay yo‘qotgan texnik xodim uchun noyob rekonstruktiv operatsiya amalga oshirildi.
Shifokor bemorning o‘z tanasidan olingan tog‘ayni avval peshonasiga joylashtirgan. Bu yerda tog‘ay qon tomirlari bilan ta’minlanib, tabiiy ravishda rivojlanadi. Shundan so‘ng u burun qismiga ko‘chirilib, bemorga yangi burun hosil qilinadi.
Mutaxassislarning aytishicha, bu usul juda murakkab bo‘lsa-da, bemorning o‘z to‘qimalaridan foydalanilgani sababli yangi burunning organizmga moslashish ehtimoli yuqori bo‘ladi.
Ilmiy fantastika filmlarini eslatsa-da, bu dunyoda kam qo‘llaniladigan, ammo amalda muvaffaqiyatli qo‘llanayotgan zamonaviy rekonstruktiv jarrohlik usullaridan biri hisoblanadi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News