Farg‘onada onasini vahshiylarcha oʻldirgan erkak 18 yilga qamaldi

Farg‘onada onasini vahshiylarcha oʻldirgan erkak 18 yilga qamaldi
  • 0
  • 08.05.2026 15:49:00
  • 1 мин оқу

Farg‘ona viloyati Dang‘ara tumanida o‘z onasini shavqatsizlarcha o‘ldirgan 29 yoshli erkakka sud hukmi o‘qildi.

Qayd etilishicha, voqea sodir bo‘lgan kuni uch nafar farzandning onasi bo‘lgan ayol hamda uning to‘ng‘ich o‘g‘li o‘rtasida pul sabab janjal kelib chiqqan. Tortishuv vaqtida ayblanuvchi qo‘lidagi bolta bilan onasining bosh qismiga bir necha bor urib, unga og‘ir tan jarohati yetkazgan.

Aniqlanishicha, erkak shundan keyin ham harakatlarini davom ettirb, xo‘jalik pichog‘i bilan ayolga tan jarohati yetkazgan va uning bosh qismini tanasidan uzib olgan. So‘ngra jasadning tanasini tomorqaning bir chetiga, bosh qismini esa hojatxona orqasiga ko‘mib qo‘ygan. Jinoyatchi esa voqea joyidan yashirinib ketgan.

Holat, jinoyat ishlari bo‘yicha Dang‘ara tuman sudida ko‘rib chiqilgan bo‘lib, sud hukmiga ko‘ra, yigit Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi “j” bandi bilan aybdor deb topilib, 18 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilingan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News