
- 0
- 14.05.2026 10:43:00
- 1 мин оқу
Indoneziyaning Shimoliy Sumatra hududida 45 yoshli erkak hadeb undan nega turmush qurmayotgani haqida so‘ragan 60 yoshli qo‘shnisini o‘ldirib qo‘ygan. Tinimsiz turmush qurmagani haqidagi gap-so‘zlar va savollardan charchagan erkak davlat xizmatchisi bo‘lgan qo‘shnisiga uning o‘z uyida yog‘och bo‘lagi bilan hujum qilgan. Mojaroga qo‘shnilar ham aralashgan, biroq jabrlanuvchi shifoxonada vafot etgan.
Ular orasidagi ziddiyatga faqat bu sabab bo‘lmagani aytilgan, biroq asosiy sabablardan biri bu erkakdan nega shu yoshgacha uylanmagani haqida so‘ralgani bo‘lgan.