
- 0
- 29.04.2026 16:48:00
- 1 мин оқу
Hindistonda 50 yoshli erkak singlisining bankdagi pulini olish uchun uning qabrini ochib, suyaklarini bankka olib bordi. U singlisining vafotidan so‘ng bankdagi 20 ming rupiy (taxminan 210 dollar) mablag‘ni yechib olishga uringan. Ammo bank xodimlari undan o‘lim haqidagi rasmiy hujjatni talab qilgan.
Savodsizligi sababli erkak talabni to‘liq tushunmagan va bir necha bor bankka murojaat qilgan. Oxir-oqibat u singlisining qabrini ochib, suyaklarini dalil sifatida bankka olib kelishga majbur bo‘lgan. Voqea jamoatchilik va politsiya e’tiborini tortdi. Keyinchalik politsiya holatni o‘rganib, erkakka pulni olishda yordam bergan.