
- 0
- 30.06.2026 11:21:00
- 1 мин оқу
Andijon shahrida Malibu-2 avtomobili tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joyidan o‘tayotgan uch nafar piyodani urib yubordi. Oqibatda ularning ikki nafari vafot etdi, yana bir kishi shifoxonaga yotqizildi.
YTH 25-iyun kuni soat 17:55 atrofida Amir Temur shohko‘chasida sodir bo‘lgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 1997-yilda tug‘ilgan haydovchi piyodalarga yo‘l bermasdan ularni urib yuborgan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.