Qozog‘iston uchar taksini sinovdan o‘tkazdi

Qozog‘iston uchar taksini sinovdan o‘tkazdi
  • 0
  • 20.05.2026 10:47:00
  • 1 мин оқу

Qozog‘iston Markaziy Osiyoda birinchilardan bo‘lib uchar taksini sinovdan o‘tkazdi.
Sinov Alatau City hududida xalqaro hamkorlar ishtirokida amalga oshirildi. Qurilma soatiga 200 km tezlikka erisha oladi va bir marta quvvatlanishda 200 kilometrgacha masofani bosib o‘tadi. U bir nafar uchuvchi va besh nafar yo‘lovchiga mo‘ljallangan bo‘lib, 13 ta elektr dvigatel bilan jihozlangan. Xavfsizlik sababli ilk parvoz yo‘lovchilarsiz amalga oshirildi.
Loyiha Xitoy, Janubiy Koreya, Italiya va AQSH kompaniyalari hamkorligida ishlab chiqilgan bo‘lib, unga qariyb 300 million dollar investitsiya kiritilgan. Xizmat 2029-yilga kelib to‘liq ishga tushirilishi kutilmoqda.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News