
- 0
- 22.04.2026 17:56:00
- 1 мин оқу
Ijtimoiy tarmoqlarda Qozog‘istonning Mang‘istau viloyatidagi chiqindilar bilan qoplangan dasht aks etgan video keng muhokamaga sabab bo‘ldi.
Rasmiylarga ko‘ra, chiqindilar tarqalishiga 20-aprel kuni sodir bo‘lgan yong‘in va kuchli shamol sabab bo‘lgan. Yong‘inni o‘chirish jarayonida yengil chiqindilar (plyonka, qog‘oz va boshqalar) poligon hududidan tashqariga uchib ketgan.
Video tarmoqlarda keng tarqalgach, hududga maxsus texnika va xizmatlar jalb qilinib, tozalangan.