Qozog‘istonda “ko‘rlar uchun ko‘rish” qurilmasi yaratildi

Qozog‘istonda “ko‘rlar uchun ko‘rish” qurilmasi yaratildi
  • 0
  • 14.05.2026 18:19:00
  • 1 мин оқу

Qozog‘istonlik olim Galimjon Gabdreshov ko‘zi ojiz insonlarga atrofni yaxshiroq his qilishga yordam beradigan yangi qurilma ishlab chiqdi. U ko‘rshapalak va delfinlar kabi hayvonlarning exolokatsiya orqali atrofni his qilish qobiliyatidan ilhomlangan. Shu asosda ko‘zi ojiz insonlar ham erkin harakatlanishiga yordam beruvchi qurilma ishlab chiqgan.

Qurilma yordamida ko‘zi ojiz insonlar qisqa vaqtda mustaqil yurishni o‘rganishi mumkin. Sinovlarda ayrim foydalanuvchilar hassasiz yurib, hatto velosiped ham haydagan. Olim qurilmalarni shaxsiy mablag‘i evaziga ishlab chiqarmoqda. Hozir loyihaga xorijdan ham katta qiziqish bildirilmoqda.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News