Qozog‘istonda diplomini “yirtib tashlagan” yigit qamaldi

Qozog‘istonda diplomini “yirtib tashlagan” yigit qamaldi
  • 0
  • 16.07.2026 12:53:00
  • 1 мин оқу

Qozog‘istonning Olmaota shahridagi Xalqaro biznes va kommunikatsiyalar kolleji bitiruvchisi diplom topshirish marosimida diplomini “yirtgani” uchun ma’muriy javobgarlikka tortildi. Politsiya tekshiruviga ko‘ra, videoda haqiqiy diplom emas, balki oldindan tayyorlangan soxta muqova ishlatilgan. Asl diplom va uning ilovasi zarar ko‘rmagan.
Shunga qaramay, video ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalib, jamoatchilik orasida katta shov-shuvga sabab bo‘lgan. Sud yigitni mayda bezorilikda aybdor deb topib, 5 sutka ma’muriy qamoq jazosini tayinladi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News