OTM bitiruvchilarining 83 foizi ish bilan band ekani ma’lum qilindi

OTM bitiruvchilarining 83 foizi ish bilan band ekani ma’lum qilindi
  • 2
  • 08.09.2026 10:19:00
  • 1 мин оқу

O‘zbekistonda oliy ta’limni tamomlaganlarning 83 foizi ish bilan band. Bu haqda Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligining “Bitiruvchilar sifati indeksi” platformasida ma’lumot berildi.
Tahlilda 170 ta oliy ta’lim tashkilotini tamomlagan 249 ming 432 nafar bitiruvchining mehnat bozoridagi holati o‘rganilgan. Ularning 206 ming 951 nafari, ya’ni 83 foizi ish bilan band ekani aniqlangan.
Shuningdek, 19 ming 314 nafar bitiruvchi (7,7 foiz) ta’limni davom ettirmoqda, 48 ming 125 nafari (19,3 foiz) bola parvarishlash ta’tilida.
Tahlilga ko‘ra, 41 ming 6 nafar bitiruvchi ishsiz, 1 ming 316 nafari (0,5 foiz) xorijiy fuqaro, 159 nafari (0,1 foiz) vafot etgan. Bitiruvchilarning o‘rtacha oylik ish haqi 4,9 million so‘mni tashkil etadi. Eng yuqori o‘rtacha ish haqi Toshkent shahrida — 6,6 million so‘m. Ishga joylashish uchun o‘rtacha 3 oy 5 kun vaqt ketmoqda.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News