
- 0
- 05.03.2026 15:25:00
- 1 мин оқу
Avvalroq Eron raketasi Ozarbayjonning Naxchivon Muxtor Respublikasi hududidagi aeroportga qulab tushgani haqida xabar berilgandi. Ozarbayjonga Eronning ikkita droni qulab tushgani aytildi. Dronlarning ikkinchisi Shakarobod qishlog‘idagi maktab yaqiniga tushgan. O‘quvchilar va ustozlar evakuatsiya qilindi, ikki tinch aholi jarohat oldi.
Ozarbayjon Tashqi ishlar vazirligi Eron elchisini chaqirib, hujumni xalqaro huquq normalariga zid deb baholadi va tezkor izoh berishni hamda kelajakda bunday holatlarning oldini olishni talab qildi. Tegishli javob choralarini ko‘rish huquqi Ozarbayjon tomonida saqlanib qoladi.
Eslatib o‘tamiz, 4-mart kuni Erondan uchirilgan ballistik raketa Turkiya hududida NATO tizimi tomonidan urib tushirilgandi.