Eronlik bolakay 102 kun deganda, urushdan omon chiqib, maktabiga qaytdi

Eronlik bolakay 102 kun deganda, urushdan omon chiqib, maktabiga qaytdi
  • 0
  • 01.05.2026 18:01:00
  • 1 мин оқу

8 yoshli Radin yanvar oyida onasi bilan moliyaviy muammolarini hal qilish va qarindoshlari bilan ko‘rishish maqsadida Eronga ketishgan. Ular atigi 20 kunda qaytishni rejalashtirishgan edi, biroq kutilmaganda urush boshlanib, ular mamlakatdan chiqib keta olmagan va maktab bilan aloqalar uzilgan. 

Oradan uch oy o‘tib, 22-aprel kuni Radinning onasi o‘qituvchilarga yana bog‘lanib, ularning sog‘-salomat ekanini va Xitoyga qaytayotganini ma’lum qilgan va Radin 27-aprel kuni maktabiga qaytgan. 

Radinni sinfdoshlari juda iliq qarshilashib, uni ko‘rishlari bilan quchoqlab olishdi, ba’zilar esa hatto yig‘lab ham yubordi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News