
- 0
- 18.04.2026 17:09:00
- 1 мин оқу
Eron harbiylari Hormuz bo‘g‘ozida harakatni yana cheklaganini ma’lum qildi. Ularning bayonotiga ko‘ra, AQSH kuchlari tomonidan kemalar harakatiga qo‘yilgan cheklovlar davom etgani sababli shunday choraga o‘tilgan. AQSH Eron kemalariga nisbatan cheklovlarni to‘xtatmaguncha, bo‘g‘ozdagi vaziyat qat’iy nazorat ostida qolishi aytilgan.
Eron tashqi ishlar vaziri avvalroq Hormuz bo‘g‘ozi barcha tijorat kemalari uchun ochiqligini bildirgan edi. Tramp esa Eron endi hech qachon Hormuz bo‘g‘ozini yopmaslikka va’da berganini aytgandi.