
- 0
- 03.08.2026 17:09:00
- 1 мин оқу
O‘zbekistondagi lotos_moyxizmati nomli Instagram sahifasida e’lon qilingan qisqa video kutilmaganda dunyo bo‘ylab virusdek tarqalib, 1 milliarddan ortiq marta tomosha qilindi.
Videoda atigi ikki soniya davomida avtomobil tasvirlangan bo‘lib, unda murakkab montaj yoki maxsus syujet yo‘q. Shunga qaramay, Instagram algoritmlari rolikni millionlab foydalanuvchilarga tavsiya qilgan.
E’tiborlisi, sahifada qariyb 55 ming nafar obunachi bo‘lsa-da, video 1 milliarddan ortiq tomosha va 2,3 milliondan ziyod layk to‘plagan.