
- 7
- 29.06.2026 11:59:00
- 1 мин оқу
Indoneziyada 16 yoshdan kichik foydalanuvchilarning 4,7 milliondan ortiq TikTok va YouTube akkauntlari o‘chirildi. Bu haqda mamlakatning Aloqa va raqamli texnologiyalar vaziri Meutya Hafid ma’lum qildi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, TikTok 4,1 million, YouTube esa, qariyb 600 ming akkauntni o‘chirgan. Mazkur choralar 2026-yil mart oyida qabul qilingan va “yuqori xavfli” deb, baholangan ijtimoiy platformalarda 16 yoshdan kichik foydalanuvchilarning akkauntlarini bosqichma-bosqich yopishni nazarda tutuvchi yangi tartib asosida amalga oshirilmoqda.
Ushbu talablar Facebook, Instagram, X hamda Roblox platformalariga ham tatbiq etilgan. Vazir Meutya Hafidning ta’kidlashicha, hukumatning maqsadi faqat bolalarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishini cheklash emas, balki platformalarni yosh foydalanuvchilar xavfsizligini ta’minlash borasidagi siyosatini ham o‘zgartirishdan iborat.