
- 0
- 26.03.2026 13:28:00
- 1 мин оқу
Markaziy bank matbuot xizmati O‘zbekistonda 11 ta bankka nisbatan qonunchilik talablariga muvofiq faoliyatini tashkil etmaganligi hamda inspeksiya va o‘rganishlar davomida aniqlangan kamchiliklari uchun jarima sanksiyalari qoʻllanilganini ma’lum qildi. Ta’kidlanishicha, joriy yilning fevral oyida o‘tkazilgan yig‘ilishlarda Markaziy bankning koʻrsatmalari va prudensial meʼyorlari talablarining bajarilishi, tijorat banklarida oʻtkazilgan inspeksiya natijalari, bank xizmatlari isteʼmolchilarining huquqlarini himoya qilish, bank va toʻlov tashkilotlarida kiberxavfsizlik talablariga rioya etish hamda tashkilotlarning moliyaviy xizmatlarini “tartibga solish qumdoni” doirasida sinovdan oʻtkazish masalalari muhokama qilingan. Bundan tashqari, 14 ta bank va 4 ta toʻlov tashkiloti chora va sanksiyalar qoʻllanilishi toʻgʻrisida ogohlantirildi. Mazkur bank va tashkilotlarining qonunchilik hujjatlarida kamchiliklar va Prudensial normativ talablariga rioya etilmagani aniqlangan.