
- 14
- 07.10.2026 11:48:00
- 1 мин оқу
Ijtimoiy tarmoqlarda voyaga yetmagan qiz shar'iy nikohda yashab kelayotgan eri tomonidan zo‘ravonlikka uchragani aytilgan videolar keng tarqaldi. Qayd etilishicha, N.M. 2025-yil 28-avgust kuni Ch.B. bilan shar’iy nikohdan o‘tib, shu kundan buyon u bilan birga yashab kelgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Ch.B. voyaga yetmagan N.M.ga nisbatan zo‘rlik ishlatib jinsiy ehtiyojlarini qondirgan hamda unga tan jarohati yetkazgan.
Hozirda, mazkur holat yuzasidan Olmazor tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Xususan, 5-oktyabr kuni Olmazor tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi hamda tuman IIB xodimlari ishtirokida voyaga yetmagan N.M. va uning ammasi N.N. bilan suhbat o‘tkazilgan. Hamda voyaga yetmagan qizning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, xavfsizligini ta’minlash hamda ruhiy holatini barqarorlashtirish bo‘yicha zarur choralar ko‘rilmoqda. Shuningdek, kelgusida tazyiq va zo‘ravonlik holatlarining oldini olish maqsadida N.M.ga himoya orderi rasmiylashtirilgan.