
- 0
- 01.05.2026 17:42:00
- 1 мин оқу
Sirdaryo viloyati Shirin shahrida 29-aprel kuni dahshatli jinoyat sodir bo‘ldi. 29 yoshli ayol erining qonuniy xotini va uning 5 yoshli qizini pichoqlab o‘ldirdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 29 yoshli N.X. uyga bostirib kirib, ayol va uning ikki qiziga hujum qilgan. Oqibatda ona va 5 yoshli qiz voqea joyida vafot etgan. 3 yoshli qiz og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizilgan. Ayblanuvchi voqea joyidan qochib ketgan, keyinchalik esa ushlangan. Unga nisbatan Jinoyat kodeksining qasddan odam o‘ldirish moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda holat bo‘yicha tergov harakatlari davom etmoqda.