Olmaotada kichkina bola ekskavatorni ishga tushirib yo‘lakka xandaq qazidi

Olmaotada kichkina bola ekskavatorni ishga tushirib yo‘lakka xandaq qazidi
  • 3
  • 08.12.2025 09:38:00
  • 1 мин оқу

Ijtimoiy tarmoqlarda Olmaota viloyatida maktab o‘quvchisi ko‘chada qarovsiz qoldirilgan ekskavatorga chiqib, yo‘lak chetida katta chuqur qazigani aks etgan video keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. Guvohlarning aytishicha, bola texnikani xuddi o‘yinchoqdek boshqargan. Kadrlarida kichik haydovchi ekskavator yonida bemalol turgani, atrofdagi kattalar esa uning bu ishni qanday amalga oshirganini tushunishga urinayotgani ko‘rinadi.
Tarmoq foydalanuvchilari vaziyatni hazil aralash muhokama qilib: “Biz bolalikda o‘yinchoq ekskavatordan ham foydalanishni bilmasdik, bu esa haqiqiysini haydab yuribdi!”, “ishchilardan ham yaxshi kovlapti”, “tezroq ishga olinglar”, deya izohlar qoldirishgan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News