
- 0
- 18.03.2026 16:33:00
- 1 мин оқу
Toshkent shahar prokuraturasi bir yilda poytaxtda 954 ta jinoyat ishi Ichki ishlar xodimlari tomonidan noqonuniy to‘xtatilganini aniqladi. Qayd etilishicha, hisobdan yashirilgan jinoyatlarning 23 tasi o‘g‘ir jinoyatlarni tashkil qilgan, uchtasi esa qayd etmaslik yo‘li bilan hisobdan berkitilgani ma’lum bo‘ldi. Mazkur holat yuzasidan, Toshkent shahar prokurori Anvar Oʻrmonov tergovga qadar tekshiruv va jinoyat ishlari tergovi ustidan ham alohida nazorat oʻrnatilganini bildirgan. Jumladan, oʻtgan yili jinoyat ishi qoʻzgʻatishni rad etishga oid 124 ta qaror bekor qilinib, jinoyat ishlari qoʻzgʻatilgan. Shu bilan birga, 70 ta jinoyat ishini tugatish va toʻxtatish qarorlari bekor qilingan.