
- 0
- 11.09.2026 16:19:00
- 1 мин оқу
Jizzax viloyatining Forish tumanida Gentra piyodalar o‘tish joyidan o‘tayotgan ikki o‘quvchiga yo‘l bermay, ularni urib yuborishiga bir bahya qoldi.
Hodisa 10-sentabr kuni sodir bo‘lgan. Kuzatuv kamerasiga tushgan tasvirlarda katta sinf o‘quvchisi kichik sinf o‘quvchisini tezkor reaksiya bilan ushlab, qutqarib qolganini ko‘rish mumkin. Haydovchiga tegishli choralar ko‘rilishi so‘ralmoqda.
Manba: Kun.uz