Kanadada yuk poyezdi kuchli o‘rmon yong‘ini qurshovida qoldi

Kanadada yuk poyezdi kuchli o‘rmon yong‘ini qurshovida qoldi
  • 0
  • 16.07.2026 12:48:00
  • 1 мин оқу

Kanadaning Ontario provinsiyasi shimolida harakatlanayotgan yuk poyezdi kuchli o‘rmon yong‘ini sabab olov halqasida qolib ketdi. Mashinist kabinasidan olingan hodisa tasvirlari ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqaldi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in juda tez tarqalganligi sababli lokomotiv ekipaji poyezdni tashlab, xavfli hududni piyoda tark etishga majbur bo‘lgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa oqibatida jabrlanganlar yo‘q. Hozirda Ontario shimolida davom etayotgan yirik o‘rmon yong‘inlarini jilovlash ishlari davom etmoqda.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News