
- 4
- 21.09.2026 16:46:00
- 1 мин оқу
Niderlandiya sobiq transport vaziri Kamiel Eyrlingsga tegishli poverbank KLM samolyotida yonib, yong‘in chiqishiga sabab bo‘ldi. Hodisa Atlantika okeani ustida, Amsterdamdan Kyurasao oroliga uchayotgan samolyotda yuz bergan.
Parvozga 5,5 soat bo‘lganida biznes-klass salonidagi poverbank yonib ketgan. Ekipaj yong‘inni tezda o‘chirgan, biroq samolyot komandiri xavfsizlik nuqtayi nazaridan Amsterdamga qaytishga qaror qilgan.
Ma’lum qilinishicha, Eyrlings qurilmani zaryadga qo‘yib, uxlab qolgan. KLM qoidalariga ko‘ra, parvoz vaqtida poverbankdan foydalanish yoki uni zaryadlash taqiqlangan.
53 yoshli Kamiel Eyrlings 2007–2010-yillarda Niderlandiyaning transport vaziri, 2013–2014-yillarda esa KLM rahbari bo‘lgan.