Migratsiya agentligining sobiq xodimi Interpol qidiruviga berildi

Migratsiya agentligining sobiq xodimi Interpol qidiruviga berildi
  • 0
  • 14.05.2026 18:16:00
  • 1 мин оқу

Migratsiya agentligining sobiq bo‘lim boshlig‘i Azizbek Toshtemirov xalqaro qidiruvga berildi. Uning nomi Interpol bazasiga kiritilgan.
Ma’lum bo‘lishicha, u Janubiy Koreyadagi vakolatxonada ishlagan va 2025-yil mart oyida qonunbuzarliklar sabab ishdan bo‘shatilgan. Hozirda firibgarlikda gumon qilinmoqda.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, EPS–TOPIK imtihonlarida ayrim nomzodlar o‘rniga boshqa shaxslar qatnashgan. Bu jarayonda agentlikning ayrim xodimlari noqonuniy yordam ko‘rsatgani aytilmoqda. Shundan so‘ng Seuldagi vakolatxona xodimlari to‘liq almashtirilgan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News